“Global Akselerator” dasturi doirasida bandlik sohasiga oid o‘quv tadbirlari o‘tkazildi
2026-06-23 13:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hamkorligida BMTning “O‘zbekistonda rasmiy bandlikka adolatli o‘tish uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoyani jadallashtirish” (“Global Akselerator”) qo‘shma dasturi doirasida o‘quv va maslahat tadbirlari tashkil etildi.
Unda vazirlik markaziy apparati hamda Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida faol mehnat bozori dasturlarini rivojlantirish, bandlik xizmatlari sifatini oshirish va tizim xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.


