O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi
2026-06-23 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident farmoniga asosan, 2026-yil 1-iyuldan:
- pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.
1-sentyabrdan:
- byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi;
- bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.
