O‘RQ-1150-son Qonunga izoh: ish tashlash huquqi kafolatlanmoqda
2026-06-13 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#Izoh
O‘RQ-1150-son Qonunga izoh: ish tashlash huquqi kafolatlanmoqda
2026-yil 11-iyunda qabul qilingan O‘RQ-1150-son Qonun bilan Mehnat kodeksiga xodimlarning ish tashlash huquqi bo‘yicha yangi normalar kiritildi.
Unga ko‘ra, jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal etishning imkoni bo‘lmasa, shuningdek, ish beruvchi ushbu jarayonlarda ishtirok etishdan bosh tortsa yoki erishilgan kelishuvni bajarmasa, mehnat jamoasi ish tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Mazkur huquq mehnat qilish huquqining bir qismi sifatida qaraladi. Ya’ni ish tashlash faqat xodimlarning mehnat sohasidagi huquqlari buzilgan va ularni kelishuv yo‘li bilan tiklash imkoni qolmagan hollarda qo‘llaniladi.
Muhimi, ish tashlash tartibsizlik yoki bosim o‘tkazish vositasi emas. Qonunga ko‘ra, unga qadar kasaba uyushmasi, yarashtiruv komissiyasi va boshqa kelishuv mexanizmlari orqali nizoni hal qilish choralari ko‘riladi. Ish tashlash esa ushbu choralar natija bermagan taqdirda qo‘llaniladigan qonuniy mexanizm hisoblanadi.
Ushbu yangilik mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga, ish beruvchilarni qonun talablariga rioya qilishga hamda xodimlar manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.
