Sirdaryoda sayyor qabul
2026-06-15 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida Guliston shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida murojaatchilarning bandlik, ish haqlarini undirish, kasbga o‘qitish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi.
Iyun oyining 2-yarmida vazirlik rahbariyati tomonidan Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida sayyor qabullar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Respublikamizning olis va chekka hududlarida muntazam davom etayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.



