O‘zbekiston mehnat sohasida sun’iy intellektni inson manfaatlariga yo‘naltirilgan holda joriy etish tarafdori
2026-06-10 22:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Jeneva shahridagi Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov sunʼiy intellekt inson manfaatlariga xizmat qilishi, yangi ish oʻrinlari yaratishi hamda koʻnikmalarni rivojlantirishga koʻmaklashishi kerakligini taʼkidladi.
Oʻzbekiston munosib mehnat, ijtimoiy himoya va samarali ijtimoiy muloqot tamoyillariga asoslangan adolatli raqamli transformatsiyani qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Konferensiyada ishtirok etayotgan 187 ta davlat orasida O‘zbekiston delegatsiyasi mehnat, ijtimoiy himoya va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda ilg‘or tashabbuslarini taqdim etmoqda.

