2026-yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitiradi
2026-06-09 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev bitiruvchilar bandligini ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Bitiruvchilar bandligi bo‘yicha muhim raqamlar:
▪️“Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025-yilda 6 mingdan ortiq loyiha uchun 378 mlrd so‘m ajratilib, qariyb 8 ming nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi.
▪️2026-yilda 8 mingdan ziyod loyihani moliyalashtirish uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltirilib, 10 mingga yaqin yoshning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.
▪️Barcha jarayonlar career.edu.uz platformasi orqali monitoring qilinib, bitiruvchilar bilan ishlashning yagona vertikal tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
▪️Barcha OTMlarda karyera markazlari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta markazga 500 mln so‘mdan ajratiladi.
▪️Joriy yilda OTMlar miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.
▪️Har bir ta’lim yo‘nalishi kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuv va workshoplar o‘tkaziladi.
▪️2026/2027-o‘quv yilidan barcha OTMlarda “Tadbirkorlik asoslari” fani joriy etiladi.
▪️Ish beruvchining kafolati asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi.
