“Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi
2026-06-08 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Yilning eng faol yosh xodimi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
- Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan;
- 30 yoshgacha bo‘lgan;
- Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega;
- Jamoada obro‘-e’tibor qozongan, faol, tashabbuskor va ijodkor yosh xodimlar.
Tanlov ishtirokchilari “Mening g‘oyam” mavzusida yoshlar siyosatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha (5–7 bet) va taqdimot tayyorlaydilar.
Tanlov bosqichlari:
1-bosqich (tuman/shahar bosqichi) – 2026-yil 8–9-iyun kunlari;
2-bosqich (hududiy bosqich) – 2026-yil 10–12-iyun kunlari;
3-bosqich (respublika bosqichi) – 2026-yil 18–20-iyun kunlari.
Tanlovning yakuniy respublika bosqichi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
G‘oliblar diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda xorijda malaka oshirish yo‘llanmalari bilan taqdirlanadi.
Hujjatlar va arizalar quyidagi elektron shakl orqali qabul qilinadi:
Google Forms ariza topshirish sahifasi
Faol, tashabbuskor va fidoyi yosh xodimlarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz! Sizning g‘oyangiz tizim rivojiga xizmat qilishi mumkin!
