Bugun miyamizga dam beramiz: Raqamli detoks nima?
2026-06-06 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ko‘pchiligimiz kuniga 6–9 soat ekran qarshisida vaqt o‘tkazamiz. Telefonimizni deyarli har 12 daqiqada tekshiramiz. Hatto odamlarning 71 foizi uxlashdan oldin ham ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazadi.
Raqamli detoks — bu smartfon, ijtimoiy tarmoqlar va ekranlardan ma’lum vaqt ongli ravishda uzoqlashishdir. Bu cheklanish emas, balki o‘zingizga biroz vaqt ajratishdir.
Natijada:
- Uyqu sifati yaxshilanadi;
- Diqqat va xotira kuchayadi;
- Tashvish va stress kamayadi;
- Yaqinlaringiz bilan ko‘proq muloqot qilasiz;
- Ruhiy tetiklik va energiya ortadi.
Boshlash uchun 3 ta oddiy qadam:
1️⃣ Ertalabki dastlabki 30 daqiqa — telefonsiz;
2️⃣ Ovqat vaqtida — telefonni chetga qo‘ying;
3️⃣ Uxlashdan 1 soat oldin — ekranlarni o‘chiring.
Kichik odatlar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Balki bugun raqamli detoksni boshlash uchun aynan to‘g‘ri kundir?
