Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyatlar
2026-06-07 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#podkast
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1129-sonli Qonuni tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etadi. Mazkur qonun jabrlangan ayollarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy moslashtirish hamda ularga huquqiy, psixologik va boshqa zarur yordamlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
💬 O‘RQ–1129 – yangi qonun tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?
💬 Jabrlangan xotin-qizlar ish qidiruvchi sifatida qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?
💬 Ularni ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash tizimi qanday ishlaydi?
💬 Davlat tomonidan qanday huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatiladi?
💬 Ish beruvchilar uchun bunday ayollarni ishga qabul qilishda rag‘batlantirish mexanizmlari mavjudmi?
Batafsil: Bandlik vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi ekspertlari ishtirokidagi yangi podkastda.
