Homilador ayollar va onalarning mehnat huquqlari kafolatlanadi
2026-06-05 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, homilador ayollar hamda yosh bolalari bor ayollarning mehnat huquqlari davlat tomonidan alohida himoya qilinadi.
🔹Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilmaslik, ishdan bo‘shatish yoki ish haqini kamaytirish qat’iyan taqiqlanadi.
🔹Ish beruvchi rad etish sabablarini yozma ravishda 3 kun ichida taqdim etishi shart. Shuningdek, ayollarni og‘ir yoki noqulay mehnat sharoitlariga jalb etish cheklanadi.
🔹Homilador ayollar tibbiy xulosa asosida yengilroq ishga o‘tkaziladi yoki ish normasi kamaytiriladi, bu davrda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Batafsil
