MONOMARKAZ HAQIDA ESHITGANMISIZ?
2024-07-26 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar va band bo‘lmagan aholi vakillari!
Sizda zamonaviy o‘quv-amaliyot jihozlariga ega "Ishga marhamat" monomarkazida mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan: servis va xizmat ko‘rsatish, texnik-muhandislik sohalari, shuningdek, tadbirkorlik, 1C buxgalteriya, zargarlik, xorijiy til kurslari kabi 30 ga yaqin yo‘nalishlardan birini hududingizdagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari yo‘llanmasi bilan bepul o‘rganish imkoni bor.
Kasb-hunar ta’limi diplomiga tenglashtirgan Davlat namunasidagi sertifikat bilan siz munosib ish topish yoki tadbirkorlikni boshlash uchun subsidiya olib o‘zingizni band qilishingiz ham mumkin.
O‘qish kasblarga qarab 1 oydan 6 oygacha davom etadi.
