Nukusda “WOMEN IN TOURISM – 2026” III Markaziy Osiyo forumi boʻlib oʻtmoqda
2026-06-04 19:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-248-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Markaziy Osiyo mintaqasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 4-5-iyun kunlari Nukus shahrida “WOMEN IN TOURISM – 2026” III Markaziy Osiyo forumi tashkil etildi.
Forumda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar, xalqaro ekspertlar, Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari, shuningdek, turizm rivojiga masʼul davlat organlari vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva ham qatnashib, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda turizm orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalalari boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Forumning asosiy maqsadi – ayol tadbirkorlarning salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, turizm sohasida yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, mintaqaviy tajriba almashinuvini kengaytirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshishdan iborat.


