Mavsumiy xodimlar bilan mehnat munosabatlari
2026-06-03 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
Ularning davomiyligi odatda, 6 oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlar, jumladan olti oydan ortiq davom etadigan ayrim ishlar ro‘yxati va ularning eng ko‘p davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Shartnoma tuzish
- Mavsumiy ishning xususiyati mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
- Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilishda sinov muddati belgilanmaydi.
- Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
