Ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
2026-06-04 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi (“b” va “e” bandlari)ga koʻra, pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qoʻshib hisoblanadi:
☑️harbiy xizmatni oʻtash, shuningdek davlat xavfsizlik organlari, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridagi xizmat;
☑️oliy taʼlim muassasalarida, aspirantura, doktorantura va boshqa ilmiy bosqichlarda kunduzgi taʼlim olish (jumladan, xorijda oʻqish).
ESLATMA!
Oliy taʼlimda oʻqigan davr ish stajiga qoʻshilishi uchun kamida 7 yil umumiy ish staji boʻlishi shart.
Harbiy xizmat davrini ish stajiga qoʻshish uchun esa oldindan ish staji talab etilmaydi.
