15 yoshga to'lmagan bolalar ishlashi mumkinmi?
2026-06-01 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Mehnat kodeksi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko'ra, 15 yoshga to‘lmagan bolalarni doimiy yoki og‘ir ishlarga jalb etish taqiqlanadi!
Ishga qabul qilish yoshi — 16 yosh.
15 yoshga toʻlmagan shaxslar ota-ona (yoki vasiy) roziligiga ko'ra, sog‘lig‘iga va o‘qishiga zarar yetkazmaydigan ushbu ro'yxatdagi yengil ishlarda ishlashi mumkin.
Masalan:
Sport, madaniyat va san’at: teatr, kino, konsert, moda yoki reklama loyihalarida;
Axborot va ijodiy faoliyat: rasm chizish, dizayn, raqamli kontent yaratish, bolalar blogi, tanlov va ijodiy loyihalarda.
Ish vaqti cheklovlari:
15–16 yoshda — haftasiga 24 soatgacha;
Agar bola o‘qiyotgan bo‘lsa — haftasiga 12 soatgacha.
Ish faqat darsdan keyin yoki ta’til paytida amalga oshirilishi lozim.
