Toshkent viloyatida zamonaviy kasb-hunar markazi ochildi
2026-05-15 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Toshkent viloyati Qibray tumanida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ko‘magida Malakani baholash va qayta tayyorlash markazi ishga tushirildi.
Mazkur markaz ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, bandlikni ta’minlash va mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Yiliga 2160 nafargacha tinglovchini qabul qilish imkoniga ega markazda 7 ta yo‘nalishdagi 1–3 oylik (amaliyotga yo‘naltirilgan) kurslar xalqaro standartlar asosida, jumladan Germaniya, Polsha va Litva metodikalari bo‘yicha tashkil etiladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat va xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlar beriladi.
