Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar uchun imkoniyat
2026-05-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

#Imtiyoz
Surxondaryoda ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan viloyatdagi 2 ming 318 nafar fuqaroga 2 ming 711 ta jihoz va asbob-uskunalar ssuda asosida topshirildi.
Fuqarolarga daromad manbaiga ega bo‘lishi, o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan:
▫️tikuvchilik va ishlab chiqarish uskunalari,
▫️noutbuk va xizmat ko‘rsatish jihozlari,
▫️hunarmandchilik vositalari,
▫️motokultivator va elektron motorollerlar topshirildi.
Mazkur ko‘mak oilalarning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.



