Namanganda gilos eksporti boshlandi
2026-05-13 16:00:00 / OAV biz haqimizda
#Tomorqa_daromad_manbai
To‘raqo‘rg‘onlik 72 yoshli Shomirza ota Abdullayev tomorqadan unumli foydalanib, bog‘dorchilik orqali oilasi uchun barqaror daromad manbai yaratgan.
Bugun u 50 sotix yer maydonidagi 500 tup ertapishar gilos navidan mo‘l hosil olmoqda.
Yetishtirilgan mahsulot viloyatdagi eksportyorlarga yaxshi narxda sotilmoqda. Ayni paytda bir kilogramm gilos narxi 100 ming so‘m atrofida.
Mehnat va izlanish natijasida Shomirza ota nafaqat oila farovonligini ta’minlamoqda, balki tomorqadan samarali foydalanish orqali yuqori daromad olish mumkinligini ham amalda isbotlamoqda.
Batafsil: lavhada
