Boyovullik oilaga yangi imkoniyat
2026-05-14 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari
#Kambagʻallikni_qisqartirishning_oʻzbek_modeli
Norin tumanining Boyovul mahallasida yashovchi Hayitovlar oilasi uchun yaratilgan imkoniyatlar aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan yondashuvning yana bir namunasi bo‘ldi.
Xonadonga 80 tonnalik temir hovuz o‘rnatilib, 500 dona forel baliqlari lichinkalari yetkazib berildi. Avval mehnat migratsiyasida bo‘lgan oila boshlig‘i bugun o‘z yurtida mehnat qilib, barqaror daromad topmoqda.
Oila bekasi esa baliq parvarishi bilan bir qatorda tomorqasida rezavor ekinlar yetishtirmoqda. Shuningdek, u qariyb 500 tup pista ko‘chatini parvarishlab, xonadon iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.
Batafsil: videoda
