Mehnat kodeksiga muhim o‘zgartirishlar kiritilmoqda
2026-05-06 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan 1-oʻqishda qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan amaldagi qonunchilikka bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
☑️Xususan, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda.
Qonun loyihasi mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xodimlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.


