Subsidiya kimlarga beriladi?
2026-05-06 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

#imtiyoz
Subsidiya kimlarga beriladi?
☑️"Ijtimoiy reyestr"dagi oilaning ishsiz a’zolariga,
☑️yoshlarga hunar o‘rgatayotgan ustalarga,
☑️jazoni o‘tab kelgan fuqarolarga,
☑️qishloq xo‘jaligi kooperativlariga a’zo bo‘luvchilarga,
☑️mahsulotini reklama qilmoqchi bo‘lgan ustalarga,
☑️bino va inshootning ijara to‘lovini to‘layotgan ishsizlarga,
☑️tadbirkorlik subyektlariga (har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi faoliyati uchun).
Subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
▫️sug‘orish vositalarini xarid qilish – 4 120 000 so‘mgacha,
▫️urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish – 1 236 000 so‘mgacha,
▫️kooperativ ustav fondiga a’zo bo‘lish – 4 120 000 so‘mgacha,
▫️kasanachilik uchun – 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida (3 oy),
▫️yoshlarga hunar o‘rgatish – 824 000 dan 2 060 000 so‘mgacha,
▫️sayt yaratish va reklama qilish – 12 360 000 so‘mgacha,
▫️ijara to‘lovini qoplash – 4 120 000 so‘mgacha,
▫️jazoni o‘tab kelganlar uchun – 12 710 000 so‘mgacha.
Ariza qanday topshiriladi?
1. Online-mahalla.uz platformasi orqali ariza yuboriladi.
2. Hokim yordamchisi ma’lumotlarni tekshiradi.
3. "Mahalla yettiligi" kollegial qaror qabul qiladi.
4. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi buyruq chiqaradi.
Subsidiyalar qanday ajratiladi?
☑️Pul ko'rinishidagi subsidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Talabgor yoki Tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
☑️Sug‘orish vositalari, urug‘lik va ko‘chatlarni uch tomonlama shartnoma asosida Ta'minotchi yetkazib beradi.
