Ishdan bo‘shatish nafaqasi
2026-05-05 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ishdan bo‘shatish nafaqasi — bu xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganda, daromadsiz qolmasligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan pulli kompensatsiya hisoblanadi.
Quyidagi holatlarda nafaqa to‘lanadi:
✔️Ish beruvchi tashabbusi bilan (xodim aybdor bo‘lmagan holda);
✔️Xodim harbiy xizmatga chaqirilsa;
✔️Avvalgi ishiga tiklansa;
✔️Tashkilot tugatilsa;
✔️Deputatlik vakolati tugasa va ishiga qaytsa;
✔️Ishga qabul qilishda qonun buzilishi bo‘lsa (aybsiz holatda);
✔️Tibbiy sabablarga ko‘ra ishni davom ettira olmasa;
✔️Yangi shartlarga rozi bo‘lmasa;
✔️Ko‘chishga rozi bo‘lmasa;
✔️Egasi yoki tashkilot tuzilmasi o‘zgarsa.
To‘lanadigan nafaqa miqdori:
- 3 yilgacha staj — o‘rtacha ish haqining 50%;
- 3-5 yil — 75%;
- 5-10 yil — 100%;
- 10-15 yil — 150%;
- 15 yildan ortiq — 200% dan kam bo‘lmasligi kerak.
