Munosabat
2026-06-08 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan har bir tumandan bitta mahallaga 10 ming tupdan, viloyatlarga 100 ming tupdan bir donasi 45 ming soʻmdan Samarqand viloyatidan mevali koʻchat olishga majburlanayotgani xususidagi murojaat keltirilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
