“Mehnatni muhofaza qilish haftaligi" davom etmoqda
2026-04-30 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#safeday_2026
“Mehnatni muhofaza qilish haftaligi" davom etmoqda
Shu munosabat bilan “Toshkent metallurgiya zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar tashkilotdagi ishlab chiqarish jarayoni, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi qanday tashkil etilganligi hamda xodimlar uchun yaratilgan xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni boshqa tashkilotlarda ham joriy etishdan iboratdir.
HAFTALIKDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK!
