Tomorqa egalari uchun yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari
2026-04-29 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari

#Imtiyoz
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
Quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari mavjud:
✅yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida usta dehqonlarga har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun 2 mln soʻm;
✅mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun 75 mln soʻm;
✅suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quvvati 10 kVt soatdan kam boʻlmagan quyosh panelini oʻrnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Mazkur imkoniyatlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, mahallangizdagi hokim yordamchisiga murojaat qiling.
