O‘zbekistonda “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi o‘tkaziladi
2026-04-27 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#safeday_2026
Hukumatning 2026-yil 26-apreldagi 172-son farmoyishiga muvofiq, “28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan mamlakatimizda 2026-yil 27-aprel – 1-may kunlari “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligini o‘tkazish belgilandi.
Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan:
🔺Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan o‘zlarining quyi bo‘g‘inlarida “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi;
🔺“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya;
🔺“Toshkent metallurgiya zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Ochiq eshiklar kuni”;
🔺“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyatida “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishning yangi milliy talablarini joriy etish” mavzusida seminar;
🔺Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish;
🔺Qurilish obyektlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘tkazish;
🔺Toshkent davlat transport universitetida Mehnatni muhofaza qilish sohasida xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari hamda shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasini tashkil etish.
