“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida xalqaro konferensiya ish boshladi
2026-04-28 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#safeday_2026
Ayni paytda Toshkent shahridagi “Chinabad Plaza” anjumanlar zalida Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi doirasida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.
Unda davlat organlari, parlament vakillari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ekspertlar, yirik korxonalar, ilmiy muassasalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
