Xizmat tekshiruvi oʻtkazish
2026-04-06 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzish
🔹 Xizmat tekshiruvi ish beruvchining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
🔹 Komissiya kamida 3 nafar a’zodan iborat bo‘ladi va ulardan biri komissiya raisi etib belgilanadi.
🔹 Agar tashkilotda kasaba uyushmasi qo‘mitasi mavjud bo‘lsa, uning bir a’zosi ham komissiya tarkibiga kiritiladi.
🔹 Komissiya raisi komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Uning qonuniy talablari komissiya a’zolari uchun majburiy hisoblanadi.
🔹 Rais xizmat tekshiruvining tashkil etilishi, o‘tkazilish sifati hamda yakuniy xulosa va takliflarning xolisligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
