O‘zbekistondagi amaldagi ijtimoiy to‘lov miqdorlari
2026-03-30 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Hozirgi kunda mamlakatimizda belgilangan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va nafaqa miqdorlari quyidagicha:
🟢mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m;
🟢bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m;
🟢pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m;
🟢yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m;
🟢nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m;
🟢mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m;
🟢zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m;
🟢ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m.
