Vazir va yoshlar uchrashuvi
2024-06-22 15:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi.
Bugungi kunda tizimdagi 7 000 dan ortiq xodimlarning 1 500 nafardan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi.
Samimiy muloqotda vazir o‘z shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda. So‘nggi yillarda kelajak egalariga qaratilayotgan e‘tibor haqida so‘z yuritib, yoshlarning savol, muammo va takliflariga quloq tutyapti.
