Mehnat taʼtili muddati haqida
2026-03-17 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko'ra, xodimga har yili kamida 21 kalendar kun asosiy mehnat taʼtili beriladi.
Shuningdek, 218-moddaga muvofiq, baʼzi toifadagi xodimlar uchun taʼtil uzaytirilgan bo‘ladi:
☑️18 yoshgacha bo‘lganlar — 30 kalendar kun;
☑️I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar — 30 kalendar kun;
☑️Davlat hokimiyati va respublika ijro etuvchi organlari xodimlari — 27 kalendar kun.
Bundan tashqari, ayrim kasb yoki lavozimlar uchun taʼtil muddati qonunchilikda alohida belgilanishi mumkin.
