Norasmiy bandlikka barham berish choralari ko'riladi
2026-02-09 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Qarorga koʻra, hokim yordamchisi xatlovi asosida aniqlangan norasmiy bandlik holatlari boʻyicha ularni bartaraf etish yuzasidan “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda ish beruvchilarning shaxsiy kabinetlariga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ogohlantirish xati yuboriladi.
Ish beruvchilar tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holati 3 ish kuni ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu holat tegishli korxonalar va tashkilotlarda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshirish oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boshlab 1 oy muddat ichida ish beruvchilar xodimlar bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirib, hisoblangan oylik ish haqlarini toʻliq toʻlab bergan taqdirda, ular maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2026-yil 1-martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda quyidagi qonunbuzilish holatlari ballarni kamaytiruvchi qoʻshimcha mezon sifatida belgilanadi:
✔️ tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;
✔️ xodimlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan past oylik ish haqlarining hisoblanishi.
