Yangi ijtimoiy reyestr joriy etildi
2026-02-03 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#qonunchilikdagi_yangiliklar
2026-yil 1-fevraldan O‘zbekistonda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va "Kambag'al oilalar reyestri" negizida yagona "Ijtimoiy reyestr" joriy etildi.
"Ijtimoiy reyestr"da oilalar 3 toifaga ajratiladi:
- Davlat ta’minotidagi oila — oila aʼzolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan va ularning har biriga toʻgʻri keladigan jami oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlgan oila;
- Kambag‘al oila — oila aʼzolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan va ularning har biriga toʻgʻri keladigan jami oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlgan oilalar;
- Kambag‘allik chegarasidagi oila — oila aʼzolarining har biriga toʻgʻri keladigan jami oʻrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha boʻlgan oilalar.
Maqsad bitta — ijtimoiy yordamni aniq, adolatli va manzilli yetkazish.
