O‘N BESH YOSHGA TO‘LMAGANLAR ISHLASHI MUMKIN BO'LGAN SOHALAR QAYSILAR?
2024-05-29 15:35:00 / Vazirlik yangiliklari
#Bolalar_huquqlari
“Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida 15 yoshga to'lmagan bolalar ishlashi mumkin bo'lgan sohalar ro'yhati ko'rsatilgan.
Unda 219 ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.
Mazkur ro'yxatda ko'rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog'lig'iga va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta'lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.
