Barqaror ish o‘rinlari sari: J4P Impact Program bo‘yicha muhim uchrashuv
2026-01-23 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Jahon banki guruhi akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Jobs for the Poor (J4P) Impaсt Program dasturi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusi rejalar, iqtisodiy inklyuziyani kengaytirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish, o‘zini o‘zi band qilish va mikrokorxonalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda milliy seminar o‘tkazishning tashkiliy jihatlari hamda kam ta’minlangan fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.



