Diqqat! Aholini ro‘yxatga olish boshlandi
2026-01-16 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2025-yil 15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi rasman boshlandi.
17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Roʻyxatga olish jarayoni 2 bosqichda bo'lib o'tadi:
- bosqich 15–31-yanvar kunlari davomida.
- bosqich 4–28-fevral: “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali roʻyxatga olishadi.
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etmoqda!
Sizni ham faollikka chorlaymiz – bu kelajak uchun muhim!
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun videoqo‘llanma.
