Tadbirkorlik tashabbusi uchun ajoyib imkoniyat
2026-01-16 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Yurtimizda “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi eʼlon qilingan edi. Unda bandlik va mehnat munosabatlari sohasiga alohida yo‘nalish ajratilgan. Hududlarda aholini kasbga o‘qitish va ish bilan taʼminlashga qaratilgan qiziqarli tashabbuslar ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yana-da qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Yaʼni, barcha jarayonlar huquqiy jihatdan ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi taʼminlanadi.
Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi.
-
moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi.
-
butun respublikada joriy qilinadi.
Tashabbus mualliflari:
-
o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
-
istiqbolli kadr sifatida davlat eʼtiboriga olinadi.
-
10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr eʼtibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing. Batafsil kelajakuchun.gov.uz saytida tanishing.
