2025-yilda Malaka oshirish markazi faoliyati yakunlari
2026-01-13 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazining 2025-yildagi faoliyati sarhisobi
2025-yil rejalar qog‘ozda qolmagan, bilim amalda sinovdan o‘tgan yil bo‘ldi.
2025-yilda amalga oshirilgan ishlar:
6 000 ga yaqin xodim malakasi oshirildi;
Markaz tarixida ilk bor 3 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura uchun qabul amalga oshirildi;
500 ga yaqin ilmiy maqolani o‘zida jamlagan “Inson kapitali va mehnatni muhofaza qilish” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 4-soni nashr etildi.
