Diqqat e'lon!
2026-01-08 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yilga mo‘ljallangan Inson resurslarini boshqarish (HR) sohasida trenerlarni tayyorlash dasturi uchun tanlov e’lon qiladi.
Mazkur tanlov Inson resurslarini boshqarish sohasida milliy sertifikatsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv kursi doirasida tashkil etiladi.
Dastur va tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar:
- rezyume;
- 60 soniyagacha bo‘lgan qisqa motivatsion video taqdim etadilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, dasturda ishtirok etish uchun 30 nafar nomzod saralab olinadi.
Arizalar 2026-yil 31-yanvarga qadar quyidagi havola orqali onlayn shaklda qabul qilinadi:
Ilova
