2026-yilda dam olish kunlari
2025-12-26 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

2025-yil 24-dekabrdagi PF–257-son Prezident farmoniga muvofiq:
Qo‘shimcha dam olish kunlari
Barcha xodimlar uchun Ish haftasi turidan qat’i nazar:
- 2-yanvar — juma
- 28-may — juma
- 31-avgust — dushanba
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 3-yanvar — shanba
- 30-may — shanba
- 31-dekabr — payshanba
Ishlanmaydigan bayram kunlarining ko‘chirilishi
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
8-mart — Xotin-qizlar kuni (yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli)
👉9-mart, dushanba
21-mart — Navro‘z bayrami (shanbaga to‘g‘ri kelgani sababli)
👉23-mart, dushanba
9-may — Xotira va qadrlash kuni (shanbaga to‘g‘ri kelgani sababli)
👉11-may, dushanba
Eslatma: uzluksiz ishlab chiqarish, navbatchilik va aholiga doimiy xizmat ko‘rsatish sohalarida dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Yil yakuni uchun muhim o‘zgarish:
besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 12-dekabr (shanba) dam olish kuni 31-dekabr (payshanba) ga ko‘chirildi.
