Vaxta usulida ishlashning jihatlari
2025-12-24 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vaxta usuli — xodim doimiy yashash joyiga qaytolmaydigan, olis yoki maxsus sharoitdagi hududlarda vaqtincha ishlash shakli.
Qo‘llaniladi:
- Qurilish, montaj, rekonstruksiya
- Energetika, neft-gaz sanoati
- Geologiya-qidiruv, temir yo‘l, aloqa
- Konchilik, o‘rmon xo‘jaligi
- Tibbiy, savdo, umumiy ovqatlanish va transport xizmatlari
Mehnatga haq to‘lash:
- Ish uchun asosiy maosh
- Ortiqcha ishlangan vaqtlar uchun dam olish kuniga haq
- Vaxta uchun ustama to‘lov
- Borib-kelish kunlari uchun qo‘shimcha to‘lov
Turar joy ish beruvchi hisobidan ta’minlanadi. Yotoqxona, mehmonxona, barcha qulayliklar va tibbiy xizmatlar mavjud bo‘lishi shart.
Ish vaqti:
Hisob davri: oy, chorak, 12 oygacha
Kunlik ish vaqti: maksimum 12 soat
