Murabbiylik tashkilotning eng qimmatli kapitali
2025-12-22 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Murabbiylik – tajribali xodim (murabbiy) o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangi xodimga o‘rgatishi.
Nima uchun kerak?
Murabbiylik jarayoni qonunan rasmiylashtiriladi (MK 368-modda) va barcha tomonlarga foyda keltiradi:
- tashkilotga: yangi xodim tezroq moslashadi, xatolar 40–60% kamayadi, ish sifati oshadi, o‘quv xarajatlari qisqaradi;
- xodimga: tez raqobatbardosh mutaxassisga aylanadi, amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi;
- murabbiyga: qo‘shimcha haq, rahbarlik ko‘nikmalari va obro‘.
Eng katta xato: uzoq yillik tajribali xodimni chetlashtirish. Tajribali xodim — tashkilotning "tirik kutubxonasi". Ularni murabbiy sifatida jalb qilish ko‘proq foyda keltiradi.
