Ish beruvchi faoliyatini ko'chirsa, nima bo'ladi?
2025-12-23 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Agar ish beruvchi boshqa joyga (xodimning yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofadagi hududga) ko‘chsa:
- Xodimni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi shart.
- Bu muddat pulli kompensatsiyasi to‘lash orqali 2 haftagacha qisqartirilishi mumkin.
- Xodim ko‘chishga rozi bo‘lsa, bu qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
- Agar nizo chiqsa, xodimning rad etganini isbotlash ish beruvchi zimmasida bo‘ladi.
