UNFPA bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
2025-12-19 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszada xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, gender tenglik va yoshlar masalalarining o‘zaro bog‘liqligi muhokama qilindi.
2026-yilga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi yo‘nalishlari belgilanib, tez orada uni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.







