Mehnat kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-12-05 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1095-son Qonuni 4-moddasiga muvofiq, Mehnat kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, amaldagi tartib quyidagicha belgilangan:
✔️ Yillik soat cheklovi bekor qilingan (190-modda):
ish vaqtidan tashqari ishlarning davomiyligi bo‘yicha "yiliga 120 soatdan oshmasligi lozim" degan norma chiqarib tashlangan.
✔️ To‘lov miqdorlari kafolatlangan (262-modda):
oddiy sharoitda birinchi ikki soat uchun kamida 1,5 baravar, keyingi soatlar uchun kamida 2 baravar;
noqulay mehnat sharoitlarida: ishning har bir soati uchun kamida 2 baravar miqdorida haq to‘lanadi.
Mazkur qoidalar xodimlarning huquqlarini himoya qilish va mehnatiga qo'shimcha haq to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan.
