Mehnat inspeksiyasi va mehnat muhofazasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
2025-12-12 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 10–14-dekabr kunlari Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Munosib mehnat masalalari bo‘yicha texnik yordam guruhi va Byurosi ko‘magida “O‘zbekistonda mehnat inspeksiyasi va mehnat muhofazasi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda Xalqaro mehnat tashkilotining ekspert-mutaxassislari Darko Dochinski, Antonio Santosh, Bernard Fo Andege, shuningdek, respublikamizning barcha hududlaridan Davlat mehnat inspeksiyasi boshliqlari va davlat mehnat inspektorlari (20 nafar) ishtirok etishdi.
Qizg‘in (interaktiv) muhokama va davra suhbati shaklida xalqaro tajriba hamda mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlar oshirildi hamda tajriba almashinildi.
