Mehnat e’tirofda – fidoyilar sharafda!
2025-12-16 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona mehnat qilib, yurtimizning oziq-ovqat xavfsizligi, xalqimizning rizq-roʻzi va farovonligi yoʻlida astoydil xizmat qilayotgan dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari munosib ragʻbatlantirildi.
Dehqonchilik madaniyati va uning nozik sir-asrorlarini puxta egallab, yangi serhosil navlarni koʻpaytirish, eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan mehnatkashlar “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’sis etilgan, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻiga asosan ushbu ko‘krak nishonlariga munosib ko‘rilgan 459 nafar yurtdoshimiz “Qishloq xo‘jaligi kuni” bayrami arafasida tantanali ravishda taqdirlandilar.




