Munosabat
2025-11-25 10:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro M.Maxmatzoirova oʻzining noqonuniy tarzda ish bilan band etilganini aniqlaganidan soʻng holat yuzasidan joriy yilning 8-oktyabr sanasida vazirlikka qilgan murojaati yuzasidan 11-noyabrda murojaatchiga javob xati vazirlikning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan kechiktirib yuborilgani va murojaat shunchaki koʻzboʻyamachilik bilan yopilgani tanqid qilingan, yaʼni xatda fuqaro murojaat qilishi tavsiya etilgan “YAMMT” IDAK ham vazirlik tasarrufida ekani taʼkidlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
