“ENG YAXSHI ISH BERUVCHI” TANLOVI
2025-12-02 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari
E’LON
Hurmatli tashkilot va korxona rahbarlari, jamiyat a’zolari!
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–57-son qaroriga muvofiq, joriy yilda “Eng yaxshi ish beruvchi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etiladi.
Tadbir sanasi va joyi:
Sana: 3-dekabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Toshkent shahri, Kasbiy ko‘nikmalar markazi
Tanlovning maqsadi:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilayotgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish
- Ularning bandligini ta’minlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash
- Inkluziv mehnat muhitini yaratgan tashkilotlarni ommalashtirish
Tanlov shartlari.
Tanlovda quyidagi mezonlarga javob bergan ish beruvchilar ishtirok etadi:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan bo‘lishi
- Ish joyida zarur sharoitlar va moslashtirilgan muhit mavjudligi
- Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarining yo‘lga qo‘yilgani
- Korxona yoki tashkilotda barqaror bandlik siyosatining yuritilishi
- Mehnat intizomi, xavfsizlik talablari va huquqiy himoyaga rioya qilinishi
Tanlov tartibi:
- Ishtirokchilar oldindan shakllantirilgan ro‘yxat asosida belgilanadi.
- Ish beruvchilar faoliyati baholash komissiyasi tomonidan o‘rganiladi.
- Yakuniy natijalar asosida “Eng yaxshi ish beruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 3-dekabr kuni tadbir davomida o‘tkaziladi.
