Yoshlar bilan uchrashuv
2025-11-19 14:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yuldasheva Farg‘ona viloyati Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi (KOICA)da yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarning takliflari va muammolari tinglanib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ayni paytda markaz va uning filiallarida xalqaro darajada e’tirof etilgan kasb-hunarlar, xorijiy tillar va IT yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.



